Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina Qurolli kuchlarining Kupansk yo‘nalishidagi hujumi bartaraf etildi

Mudofaa vazirligi: Rossiya qo‘shinlari Ukraina Qurolli kuchlari va yollanma askarlarning Kupansk yo‘nalishidagi hujumini bartaraf etdi.
Sputnik
Rossiya armiyasi Ukraina qo‘shinlarining Kupansk yo‘nalishidagi hujumlarini bartaraf etdi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
Ukraina Qurolli kuchlarining yollanma askarlar tomonidan mustahkamlangan taktik guruhlari Xarkov viloyatining Pershotravneve, Kislovka, Kraxmalnoe qishloqlari hududlaridan hujumga o‘tishga uringan.
Artilleriya, hujum va armiya aviatsiyasining zarbalari natijasida 60 dan ortiq ukrainalik harbiy va yollanma askar, uchta tank, bitta piyoda jangovar mashinasi va ikkita bronetransportor yo‘q qilindi.