Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasi: kunlik svodka

Kupansk yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari yollanma askarlari tomonidan kuchaytirilgan Ukraina QK hujumlarining oldi olindi.
Sputnik
Kupansk yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlarining faol harakatlari natijasida Xarkov viloyatining Pershotravneve, Kislovka, Kraxmalnoe tumanlari yollanma askarlari tomonidan kuchaytirilgan Ukraina QK hujumlarining oldi olindi, 60 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi va yollanma askar yo‘q qilindi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.
Bayonotda aytilishicha, Krasno-Limanskiy yo‘nalishida, Chervonopopovka va Ploshanka yo‘nalishida dushmanning hujumga urinishi bartaraf etildi, 50 ga yaqin ukrainalik harbiy yo‘q qilindi.
Shuningdek, Rossiya qo‘shinlarining hujum operatsiyalari davomida DXRda 120 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi yo‘q qilindi.
Avdeyevkada AQShning AN/TPQ-50 radiolokatsiya stansiyasi yakson qilindi.