Dneprning chap qirg‘og‘ida Rossiya qo‘shinlari jangovar tuzilmalarining zichlashishi umuman Ukraina harbiy harakatlar teatrida strategik tashabbusga ishonchliroq egalik qilish va bir vaqtning o‘zida 1000 kilometrlik frontning bir nechta uchastkalarida hujumkor harakatlarni rivojlantirish imkonini beradi. G‘arbda maxsus harbiy operatsiyaning yaqinlashib kelayotgan qishki “muzlashi” haqida tarqalgan mish-mishlar haddan ziyod bo‘rttirilgan.
"Rossiya Federatsiyasi qo‘shinlari Kupansk, Krasno-Limansk, Yujno-Donesk, Lisichansk va Zaporojye yo‘nalishlarida faol harakat qilib, Ugledardan Soledargacha bo‘lgan keng hududga zarba bermoqda. DXR tankerlari Avdeyevkaga yo‘l ochib, shahardagi dushmanning mustahkamlangan hududiga hujum qilmoqda. Ukraina Qurolli kuchlari uchun qarshi hujumga urinishlar katta ishchi kuchi va texnika yo‘qotishlari bilan yakun topdi. Artemovsk yaqinidagi Ukraina brigadalari mag‘lubiyatga uchradi, “parchalar” dan ba’zi birlashtirilgan otradlar tuzildi".
Zaporojye yo‘nalishida rus qo‘shinlari Bolshaya Novoselkaga hujum qilmoqda, artilleriya Gulyaypol va Orexovga zarba bermoqda. Rossiyaning Gulyaypol yaqinidagi Ukraina Qurolli kuchlari pozitsiyalariga hujumi hatto kiyevlik trubadur Aleksey Arestovichni ham xavotirga soldi, u Ukraina bo‘linmalarining Donbass hududida ular tomonidan egallab olingan mustahkamlangan hududlarni o‘rab olish ehtimoli yuqori ekanligini ta’kidlagandi. Ukraina Qurolli kuchlari zaxiralarni Xersondan Zaporojye yo‘nalishiga o‘tkazishga harakat qilmoqda.
"Ukraina havo hududi Rossiya Aerokosmik kuchlarining qattiq nazorati ostida, MiG-31BM va Su-35S qiruvchi samolyotlari patrul paytida dushman samolyotlari va vertolotlarini R-37M raketalari bilan 400 kmgacha bo‘lgan masofada urdi".
Havo hujumi operatsiyasi muvaffaqiyatli rivojlanmoqda – 15-noyabrdan boshlab Rossiya qo‘shinlari Ukraina harbiy qo‘mondonlik va boshqaruv obyektlariga, harbiy-sanoat kompleksiga yuqori aniqlikdagi uzoq masofali havo, dengiz va quruqlikdagi qurollar bilan misli ko‘rilmagan zarbalar berdi. Misol uchun, Dnepropetrovskdagi Yujmash raketa zavodining sexlari, Nikolayev va Odessadagi logistika obyektlari zarbaga uchradi. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, barcha raketalar mo‘ljallangan nishonga yetib boradi.
Qaytib kelmas nuqta
Rossiya qo‘shinlari faqat Pavlovkani ozod qilish uchun janglarda 1400 tagacha Ukraina “kiborglarini”, ikkita Su-25 hujumchi samolyotini, Mi-8 vertolotini, 12 ta tankni, 27 ta piyoda jangovar mashinasini va 30 ta boshqa zirhli texnikani, oltita artilleriyani va 28 ta dronni yo‘q qildi.
Rossiyaning kuchli zarbalari dushmanni uslubiy ravishda yo‘q qiladi va ruhiy tushkunlikka tushiradi: tunov kunining o‘zida Ukraina Qurolli kuchlari 200 tagacha harbiy xizmatchi, uchta tank, beshta piyoda jangovar mashinasi va to‘qqizta boshqa zirhli texnika yo‘qotgan. Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi “ommaviy ravishda tor-mor etishga” urinayotgan qo‘shinlarning “cheklangan imkoniyatlarini” ta’kidlamoqda.
Ukraina qo‘mondonligining ustuvor vazifasi - Azov dengizi qirg‘oqlari yo‘nalishi bo‘yicha janubga zarba berish uchun Donbassda kuchli guruhni shakllantirish obyektiv hal qilib bo‘lmaydigan bo‘lib qolmoqda.
"Ukraina harbiy harakatlar teatrida Kiyev rejimiga xorijiy harbiy yordam hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Ukrainaga eski sovet qurollarini (BMP-1 va T-72) nemischa “Ringtausch” uslubida yetkazib berish Rossiya armiyasining ustun otish kuchini bekor qilmaydi. Rossiya Federatsiyasi butun NATO oddiy qurol arsenalini taktik yadro qurolidan foydalanmasdan “yanchish”ga qodir".
Milliardlab AQSh dollarlari (aniqrog‘i, 18,2 milliard) “qora tuynuk”ga (yoki qora qurol bozoriga) tushib qolganga o‘xshaydi va Vashingtonda Ukraina Qurolli kuchlari ta’minoti bo‘yicha shov-shuvli audit o‘tkazilayotgani bejiz emas.
Chet ellik yollanma askarlar sonidan qat’i nazar, dunyoning hech bir davlatida harbiy g‘alabalarni ta’minlamadi. Ukraina ham bundan mustasno emas. Tandirdan endi uzilgan misol: 15-noyabr kuni Avstraliyaning Bushmaster PMV zirhli mashinasida polshalik yollanma askarlarning katta guruhi Kupansk yo‘nalishida yo‘q qilindi. Xorijiy davlatlar Kiyev rejimiga yordam bermaydi, qasos allaqachon yo‘lga chiqqan.
Amerikaning “The American Conservative” nashri to‘g‘ri ta’kidladi: “Amerikaning butun siyosiy elitasi Markaziy razvedka boshqarmasi va harbiy tuzilma bilan birgalikda Rossiya Federatsiyasini ataylab qo‘zg‘atdi va bu Ukrainadagi mojaroning kuchayishiga olib keldi”. Qolaversa, “AQSh siyosati har qanday holatda ham Ukraina va Rossiya o‘rtasida adovatni qo‘zg‘atishdan iborat. Tashqi siyosat va harbiy elita o‘zlarining antagonistik siyosati sabab bo‘lgan o‘lim va halokat uchun javobgar bo‘lishi kerak.”
Albatta, “Ukrainadagi qirg‘in”ning barchasi – NATOning sharqqa kengayishi, Kiyevdagi qurolli to‘ntarish va Rossiya bilan harbiy mojaro uyushtirilgani uchun kelajakda AQSh javob berishi kerak bo‘ladi.
Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenkoning telegram kanaliga obuna bo‘ling.