TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Rossiya Federatsiyasi fuqaroligiga qabul qilish va Rossiya Federatsiyasi fuqaroligidan chiqish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Farmonga ko‘ra, 20 nafar migrant Rossiya fuqaroligiga qabul qilindi. Ular orasida O‘zbekiston hududida tug‘ilgan 5 kishi bor.
Shuningdek, Afg‘oniston, Argentina, Avstraliya, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston, Ukraina, Moldaviya, Polsha, Chernogoriya, Yugoslaviya, Fransiya, Falastinda tug‘ilgan kishilarga Rossiya fuqaroligi berildi.
2 kishi Rossiya fuqaroligidan chiqarildi.
Avvalroq, “Rossiya liderlari” (“Lideri Rossii”) xalqaro tanlovida g‘olib bo‘lgan chet elliklarga Rossiya fuqaroligi berilgandi. Ular orasida Belarus, Armaniston, Isroil, Ozarbayjon, O‘zbekiston va Qozog‘iston vakillari bor.