TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Kanadaning Galifaks shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro xavfsizlik forumida ishtirok etishi kerak edi, biroq rad javobini berdi, deb yozadi “Politico” amerikalik senatorlarga tayanib.
“Uning nutqi avvaliga bir qancha turk rasmiylarining ishtiroki kabi kun tartibiga kiritilgan edi”, deydi konferensiyadagi kongress delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan senator Jin Shahin.
Ta’kidlanishicha, Erdog‘an tadbirda ishtirok etishdan bosh tortar ekan, “Ukraina g‘alla bitimini saqlab qolish zarurligiga” ishora qilgan. Biroq senator Jim Rishning so‘zlariga ko‘ra, Erdog‘an Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga kirishini “kechiktirgani” uchun AQSh qonunchilari tomonidan tanbeh olishni istamagan bo‘lishi mumkin.
18 may kuni Finlyandiya va Shvetsiya Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasi fonida NATO bosh kotibiga alyansga qo‘shilish uchun ariza topshirdi. Bugungi kunga qadar Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga arizalari 30 ta davlatdan faqat ikkitasi tomonidan ratifikatsiya qilinmagan - bular Vengriya va Turkiya.