Rossiya terma jamoasi Toshkentga yetib keldi - foto, video

Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bugun Toshkentga yetib keldi. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston - Rossiya o‘rtoqlik uchrashuvi yakshanba kuni "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 18 noya - Sputnik. Rossiya terma jamoasi Toshkentga yetib keldi. Jamoa a’zolari va bosh murabbiy Valeriy Karpin Toshkent aeroportida tushgan foto va videolar paydo bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtoqlik uchrashuvi 20-noyabr yakshanba kuni soat 17:00da "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Sbornaya Rossii po futbolu priletela v Tashkent
Uchrashuvni qozog‘istonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam - qozog‘istonlik Saxi Daniyar, qanotlarda Samat Tergeusizov va Ilashbek Orunbayevlar yordam beradi.
Sbornaya Rossii po futbolu priletela v Tashkent
O‘zbekiston va Rossiya terma jamaoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvidan bir kun avval, 19-noyabr OAV uchun kuni matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Shuningdek terma jamoalar mashg‘ulotlarining dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq bo‘ladi.

O‘zbekiston terma jamoasi mashg‘ulotlari JAR stadionida, Rossiya terma jamoasi mashg‘ulotlari esa "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Sbornaya Rossii po futbolu priletela v Tashkent