TOShKENT, 18 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik merganlar Osiyo chempionatini kuchli uchlikda yakunlashdi. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Koreya Respublikasida o‘q otish sporti bo‘yicha navbatdagi Osiyo chempionati yakuniga yetdi. Musobaqaning oxirgi kunida ham o‘zbekistonlik sportchilar shohsupaga ko‘tarilishdi.
10 metrga pnevmatik to‘pponchadan otish bo‘yicha mikst dasturida Muhammad Kamalov hamda Nigina Saidqulova juftligi kumush medal bilan taqdirlandi.
Ushbu qit’a birinchiligida 17 mamlakatdan tashrif buyurgan merganlar g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.
Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin va 3 ta kumush medallari bilan umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy oldi.
O‘zbekistonlik merganlar
© Milliy olimpiya qo‘mitasi