Moskvada o‘zbekistonlik talabalarning qisqa metrajli filmlari namoyish etildi

Moskvada 42 Xalqaro BDKI talabalar festivali bo‘lib o‘tmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Moskvada o‘zbekistonlik talabalarning qisqa metrajli filmlari namoyish etildi. Bu haqida Kinematografiya agentligi xabar berdi.
Aytilishicha, Moskva shahrida bo‘lib o‘tayotgan 42 Xalqaro Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (BDKI) talabalar festivali doirasida “BDKI Toshkent filiali filmlari namoyishi” maxsus kechasi bo‘lib o‘tmoqda.
"BDKI Toshkent filiali filmlari namoyishi” maxsus kechasi
BDKI Toshkent filiali filmlari namoyishi maxsus kechasining ochilishida kirish so‘zi bilan Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov va BDKI rektori Vladimir Malyshev so‘zga chiqdi.
Ular ikki davlat o‘rtasidagi kinematografiya sohasini rivojlantirish va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash borasida qator ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlab o‘tishdi.
Mazkur tadbirlar davomida o‘zbekistonlik talabalar Timur Murodovning “Kasseta”, Feruz Bahodirovning “Uy”, Nurillo Narzullayevning “Yaxshi niyat Mohagul” va G‘ayrat Mo‘minovning “Bitiruvchilar” qisqa metrajli filmlari namoyish etildi.
"BDKI Toshkent filiali filmlari namoyishi” maxsus kechasi