TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Ukrainaning sobiq prezidenti Potr Poroshenkorossiyalik prankerlar Vladimir Kuznetsov (Vovan) va Aleksey Stolyarov (Leksus) bilan suhbatda uning mamlakati taqdiri ukrainaliklarning o‘zidan ko‘ra ko‘proq amerika xalqining donishmandligiga bog‘liq ekanini ma’lum qildi.
Prankerlar Poroshenkoga AQShning Rossiyadagi sobiq elchisi Maykl Makfol nomidan qo‘ng‘iroq qilib, suhbatlashishgan.
Sobiq prezidentning fikricha, Ukrainadagi mojaro hozir “aniq tugamaydi”.
“Hozir bu Ukraina va ukrainaliklarga kam bog‘liq. Ko‘proq amerika xalqining donoligiga bog‘liq. Biroq bunday vaziyat meni ham unchalik xavotirga solmaydi, chunki, shaxsiy tajribamdan kelib chiqib, bizni AQShning har ikki partiyasi qo‘llab-quvvatlaydi”, - dedi Poroshenko.
Shuningdek, u yana o‘z oldiga Minsk kelishuvlarini bajarishni maqsadini qo‘ymaganini tasdiqladi.
“Menga bu Minsk kelishuvlari kamida to‘rt yarim yilga ega bo‘lish, Ukraina Qurolli kuchlarini shakllantirish, Ukraina iqtisodiyotini bunyod etish va Ukraina harbiylarini Sharqiy Yevropada yaxshi qurolli kuchlar yaratish uchun NATO bilan birga o‘qitish uchun kerak edi”, - deya tushuntirdi sobiq davlat rahbari.
Poroshenko 2014-2019 yillarda Ukraina prezidenti bo‘lgan. 2019-yilgi prezident saylovida mag‘lubiyatga uchragandan keyin Poroshenko Ukrainada o‘ndan ziyod jinoiy ish figuranti bo‘ldi. Sobiq prezidentni, jumladan, “Minsk kelishuvlarini imzolashda” davlatga xiyonat, o‘z mavqeyidan suiiste’mol qilish, jinoyat daromadlarini qonuniylashtirish, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash kabi jinoyatlarda gumon qilinmoqda.