Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Maxsus operatsiya: 17-noyabrning asosiy xabarlari

Rossiya Qurolli kuchlarining dushman kuchlari to‘plangan hududlarga oldindan bergan zarbalar natijasida Ukraina QKning bir necha hujumlari oldi olindi.
Sputnik
TOShKENT, 17 noya - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi tomonidan olib borilayotgan maxsus harbiy operatsiya doirasida 17-noyabr kuni sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonoti:

Dnepropetrovsk viloyatining Pavlograd shahridagi yuqori aniqlikdagi raketa zarbalari natijasida Ukraina QK uchun yoqilg‘i va raketa dvigatellarini ishlab chiqaruvchi korxonasi sexlarini vayron qildi.
Zaporoje shahrida Ukraina QKning radiolokatsion stansiyalari, raketalarni ta’mirlash uchun elektron komponentlar ishlab chiqaruvchi "Iskra" ilmiy-ishlab chiqarish majmuasi ustaxonalari yo‘q qilindi.
Kupansk yo‘nalishida, LXRning Novoselovskoe aholi punkti yaqinida UQK pozitsiyalariga berilgan zarba natijasida tayyorlanayotgan hujumning oldi olindi. Dushmanning 20 nafarga yaqin askari, va ikkita zirhli texnikasi yo‘q qilindi.
Krasno-Limanskiy yo‘nalishida og‘ir artilleriya va "TOS" reaktiv tizimi yordamida berilgan zarbalar yordamida dushmanning LXRning Makeyevka, Ploschanka, Chervonopopovka va Chervonaya Dibrova shaharlari yo‘nalishida hujumga tayyorlanayotgan beshta rota taktik guruhlari parokanda qilindi. Dushman 100ga yaqin harbiy xizmatchi, bitta tank, uchta BMP, ikkita zirhli mashina va uchta pikap yo‘qotdi.
Janubiy-Donesk yo‘nalishida DXRning Pavlovka va Nikolskoe aholi punktlari orasidagi yo‘l to‘liq Rossiya qo‘shinlari nazoratiga olindi.
DXRning Prechistovka, Ugledar va Novomixaylovka aholi punktlaridan uchtagacha rota-taktik guruhlar kuchlari bilan uchta hujumining oldi olindi. Berilgan zarbalar natijasida dushman bo‘linmalarining hujumining oldi olindi. UQK yo‘qotishlari 60 dan ortiq harbiylar, ikkita tank va oltita zirhli jangovar mashinadan iborat bo‘ldi.
Lisichansk yo‘nalishida Ukraina Qurolli Kuchlarining 81-aeromobil brigadasi katta yo‘qotishlar va yangi askarlarning ruhiy holati sustligi natijasida natijasida - harbiy xizmatchilari jangovar buyruqlarni bajarishdan bosh tortdilar. Bo‘linmani tartibga solish uchun yuborilgan millatchilar stroy oldida besh nafar ukranalik harbiyni otib tashlashdi.
O‘tgan kun davomida Xerson viloyatida artilleriya va aviatsiya zarbalari bilan Nadnipranskoe posolkasi hududidagi qo‘mondonlik punkti va Chernobayevka posolkasidagi aloqa markazi, shuningdek jangovar pozitsiyalarda turgan 74 ta artilleriya bo‘linmasi yo‘q qilindi.
Xarkov viloyatining Jovtneve qishlog‘i yaqinida Batareyaga qarshi janda UQKning "Uragan" ko‘p raketa tizimining ikkita raketasi yo‘q qilindi. DXRning Marinka va Razdolovka aholi punktlari hududlarida AQShda ishlab chiqarilgan ikkita AN/TPQ-50 kontr-batareya radar stansiyalari yo‘q qilindi.
Kun davomida havo mudofaa tizimlari DXRning Yegorovka, Novoukrainka va LXRning Chervonopopovka aholi punktlari hududlarida oltita uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi.
DXRning Guselskoe, LXRning Zimogore va Xerson viloyatining Skadovsk aholi punktlari hududlarida kontrbatareya janglarida 15ta raketa tutib olindi, jumladan 11ta AQShning HIMARS raketasi.
Shuningdek, Xarkov viloyatidagi Strelechya aholi punkti yaqinida havoda ikkita "Uragan" raketasi va LXRning Rubijne va Makeyevka aholi punktlari hududlarida ikkita "Olxa" raketasi urib tushirildi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon Ukrainaning jami 333 ta samolyoti, 177 ta vertoloti, 2520 ta uchuvchisiz uchish apparati, 388 ta zenit-raketa majmuasi, 6668 ta tanki va boshqa zirhli jangovar texnikasi, 894 ta ko‘p raketa tizimiga ega jangovar texnika, 3589 ta maydon artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 7259 dona maxsus harbiy mashinalari yo‘q qilindi.