Kiyev diplomatiyani shouga aylantirishga urinmoqda – manba

Rossiya muzokaralarni boshlashni so‘rab, keyin esa undan chiqib ketadigan Kiyevdan farqli o‘laroq, muzokaralarga ochiqligi bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmadi, deydi manba.
Sputnik
TOShKENT, 17 noya - Sputnik. Kiyevning omma oldidagi muzokaralar haqidagi yangi g‘oyasi diplomatiyani teleshouga aylantirishga urinish bo‘lib, niyatlarning jiddiy emasligini tasdiqlaydi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga Moskvadagi manba ma’lum qildi.
Avvalroq Vladimir Zelenskiy Rossiyaning muzokaralarga tayyorligi haqidagi “signallar”ni olib, omma oldida bo‘lib o‘tadigan formatni taklif qilgan edi.

“Rossiya muzokaralarni boshlashni so‘rab, keyin esa undan chiqib ketadigan, ularni davom ettirishga tayyor bo‘lib, adekvat bo‘lmagan shartlarni qo‘yadigan Kiyevdan farqli o‘laroq, muzokaralarga ochiqligi bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmadi”, - deya qo‘shimcha qilgan manba.

“Kiyevning "omma oldidagi" muzokaralar haqidagi yangi g‘oyasi yoki diplomatiyani teleshouga aylantirishga urinishi uning niyatlari jiddiy emasligini tasdiqlaydi”, - deya xulosa qildi agentlik suhbatdoshi.

Rossiya-Ukraina muzokaralari

Rossiya-Ukraina muzokaralari 28-fevralda, urush boshlaganidan to‘rt kun o‘tib o‘tkazila boshladi. Belarusda bir nechta uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, keyin muzokarachilar video aloqa orqali muloqotni davom ettirdi. 10-mart kuni Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan diplomatik forum doirasida Turkiya Rossiya va Ukraina Tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Dmitriy Kulebaning uchrashuvini tashkil qildi. 29-mart kuni esa Istanbulda yuzma-yuz muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uning yakunlari bo‘yicha Rossiya delegatsiyasi Ukraina tomonidan o‘rganib chiqiladigan va mamlakat rahbariyatiga yetkaziladigan aniq shakllangan pozitsiya va takliflarni oldi.
Biroq, keyinroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina muzokaralar jarayonini sekinlashtirish maqsadida o‘z takliflaridan voz kechib, ko‘plab provokatsiyalar yaratayotganini aytdi.