Bokschi Jalolovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Bahodir Jalolov o‘zining navbatdagi jangini amerikalik Kortis Harperga qarshi o‘tkazadi.
Sputnik
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Tokio Olimpiadasi chempioni, professional bokschi Bahodir Jalolov navbatdagi jangini 26-noyabr kuni AQShning Kaliforniya shtati Karson shahrida o‘tkazadi. Bu haqda o‘zbekistonlik sportchining o‘zi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.
Unga amerikalik Kortis Harper raqiblik qiladi.
Bahodir Jalolov shu kungacha professional boksda 11 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida raqiblari ustidan muddatidan oldin zafar quchgan.
Harper esa 22 ta jang o‘tkazgan: 14 g‘alaba (9 tasi nokaut), 8 mag‘lubiyat (3 tasi nokaut).
Avvaliga Jalolov 15-oktabr kuni Liverpuldagi boks oqshomida jang qilishi aytilgandi. Biroq Bahodirga raqib topilmadi va uning ishtirokidagi jang bekor bo‘ldi.