Farg‘ona va Arxangelsk ilmiy va ta’lim sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi

ShAFU va Farg‘ona viloyati o‘qituvchilarni yangi metodlar bo‘yicha o‘qitish milliy markazi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Sputnik
TOShKENT, 17 noya - Sputnik. Shimoliy (Arktika) federal universiteti (ShAFU) va Farg‘ona viloyati o‘qituvchilarni yangi metodlar bo‘yicha o‘qitish milliy markazi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda ShAFU vakili Polina Golomidova Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
O‘zaro anglashuv memorandumini Arxangelskda ShAFU universiteti rektori Yelena Kudrashova va Farg‘ona viloyati o‘qituvchilarni yangi metodlar bo‘yicha o‘qitish milliy markazi direktori Feruza Sohibova imzoladi.
Imzolangan kelishuvlarga muvofiq, hamkorlar ShAFU ta’lim dasturlari doirasida pedagogika, psixologiya, ijtimoiy ish, maxsus (defektologik) ta’lim kabi yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekistonda milliy kadrlar tayyorlaydi.
Hamkorlikda quyidagicha tadbirlar tashkil etiladi:
- Farg‘ona viloyati O‘qituvchilarni yangi metodika bo‘yicha o‘qitish milliy markazi xodimlari uchun amaliyot;
- Farg‘ona viloyati o‘qituvchilari uchun mahorat darslari va seminarlar;
- kasbiy faoliyat maktab o‘quvchilari uchun yo‘l-yo‘riq platformalari.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida Arxangelsk shahrida joylashgan M.V.Lomonosov nomidagi Shimoliy (Arktika) federal universiteti delegatsiyasi Farg‘ona viloyatidagi ta’lim muassasalari bilan ilmiy va ta’lim sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida viloyatga tashrif buyurgan edi.