TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Polsha hududida qulagan raketa Ukrainaniki emasligi haqidagi gaplarini dalil emas. Bu haqda AQSh prezidenti Jo Bayden ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Oq uy.
“Bu dalil emas”, - degan Bayden jurnalistlarga Balidagi G20 sammitidan Vashingtongga qaytish chog‘ida.
Seshanba kuni Ukraina bilan chegarada Polsha janubidagi Pshevoduv aholi punktida raketa qulab tushdi, buning oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Zelenskiy bundan Rossiyani ayblab, G‘arbdan “harakatini boshlashni” talab qildi.
Ammo chorshanba kuni Polsha prezidenti Andjey Duda respublika ma’lumotlariga ko‘ra, qulagan raketa Ukraina havo hujumiga qarshi mudofaa tizimiga tegishli ekanini ma’lum qildi. AQSh Davlat departamenti Polsha hukumatining xulosalari aniqligiga to‘liq ishonch bildirdi. Rossiya TIV Kiyevning voqeaga oid bayonotlarini qo‘pol provokatsiya deb atadi. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, raketa Ukrainaning S-300 havo havo hujumiga qarshi mudofaa tizimiga tegishli.