TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Prezident farmoni bilan Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich prezidentning Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
“Shu munosabat bilan prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi”, deyiladi xabarda.
U mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri vazifasini bajaruvchisi lavozimidagi faoliyatini davom ettiradi.
Ma’lumot uchun, Tursinxon Xudoyberganov 1951-yilda tug‘ilgan. Toshkent pedagogika instituti va IIV Akademiyasini tamomlagan. U 1999−2001 yillarda Xorazm viloyati IIB boshlig‘i, 2001−2006 yillarda — prezidentning huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat maslahatchisi, 2006−2010 yillarda esa Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i lavozimlarida o‘z faoliyatini olib borgan.