Turkiya Rossiya bilan munosabatlarni rivojlantirishda davom etadi – Erdog‘an

Erdog‘anning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya va Rossiya ikki tomonlama munosabatlarning yaxshi bazasiga ega.
Sputnik
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Turkiya Rossiya bilan aloqa va muloqotni rivojlantirishda davom etadi, Ukrainada tinchlikka erishish yo‘li muloqotdan o‘tadi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an ta’kidladi.

“Biz Rossiyani ham, Ukrainani ham muzokaralar stoliga o‘tkazishga harakat qilmoqdamiz. Biz Rossiya bilan munosabatlar va muloqotni rivojlantirishda davom etamiz. Men gijgijlash (Rossiyani) usulini noto‘g‘ri deb bilaman. Tinchlik yo‘li muloqotdan o‘tadi. Qaytishim bilan hurmatli Putin bilan “telefon diplomatiyamiz”ni davom ettiramiz”, - dedi Erdog‘an Balidagi matbuot anjumanida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya va Rossiya ikki tomonlama munosabatlarning yaxshi bazasiga ega.
“Biz qo‘shnimiz va munosabatlarimizni rivojlantirishda davom etamiz”, - deydi Erdog‘an.