TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi NATOning Afg‘onistondagi jinoyatlari ro‘yxatga olingan “Oq kitob” tayyorladi. Bu haqda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya TIV Osiyo bo‘yicha ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulov ma’’lum qildi.
Ushbu "kitob" xalqaro tashkilotlar tomonidan javobsiz qolmasligi kerak.
“Ishonchimiz komilki, NATO harbiy xizmatchilari Afg‘onistonda bo‘lgan yillari davomida sodir etgan, minglab tinch aholining o‘limi va jarohatlanishiga olib kelgan jinoyatlar jahon hamjamiyati va huquq-tartibot idoralarining adekvat javobisiz qolmasligi kerak”, dedi Kabulov Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formati uchrashuvining ochilishida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi “Oq kitob” deb nomlangan tegishli axborot materialini tayyorlagan.
Ma’lumot uchun, bugun Moskva formatidagi Afg‘oniston bo‘yicha maslahatlashuvlarning to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.