Qodirov Ukraina bilan muzokara boshlash shartlarini ma’lum qildi

Checheniston rahbari Ukraina Rossiyaga shart qo‘yadigan vaziyatda emasligini aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov huquq-tartibot idoralari vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Vladimir Zelenskiy tomonidan mojaroni yumshatish uchun taqdim etilgan “tinchlik formulasi”ni tanqid qildi va Ukraina rahbariyatiga qarshi shartlarni ilgari surdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevdagi hukumat hozir biror shart qo‘yadigan sharoitda emas. Rossiyaning shartlariga kelsak, ular “ancha haqiqatga yaqin”, - deb ta’kidlagan Checheniston rahbari.
Gap Lugansk va Donesk xalq respublikalarini tan olish, shuningdek, Qrim, Xerson va Zaporojye Rossiyaniki ekaniga rozi bo‘lish haqida ketmoqda. Bundan tashqari, Ukraina hukumati rusiyzabon aholiga nisbatan vahshiyliklarda qatnashgan barcha “fashistik jinoyatchilar va shaytonlarni” ekstraditsiya qilishi yoki ularni rasman sud qilishi kerak.
Uning qo‘shimcha qilishicha, agar kutilmaganda imkonsiz narsa ro‘y bersa va maxsus operatsiya ushbu shartlarga rioya qilmasdan yakunlansa, Chechenistonda “bandera fashistlari va shaytonlarini har tomchi qon uchun javob berishga majbur qiladigan” ko‘ngillilar topiladi, ularning orasida o‘zi ham bo‘ladi.
“Biz muzokaralarga qarshimiz, unda azovchilar* kabi ajinalar tirik qoladi. Biz muzokaralarga mutlaqo qarshimiz. Biz natsistlarni yo‘q qilamiz, Turkiyaga qochib ketganlarni qaytarib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilamiz. <…> Ha, biz Qurolli kuchlarni, UQKni, boshqa xizmatlarni tushunishimiz mumkin – ular davlat xizmatchilari. Natsizm, satanizm – bu kabi tendensiyalar mavjud ekan, men qanday muzokaralar haqida gapirishim mumkin”, - deydi Qodirov.
Checheniston rahbari maxsus operatsiya “rejalashtirilganidek, to‘liq yakunlanishi” kerakligiga ishonch bildirdi.
“Oxirigacha jinoyatchilarni yo‘q qilib, Kiyevgacha boramiz. Hech kim buning uchun ko‘ngilli bo‘lmasa ham, Tangri nomidan shunday niyatimiz bor va biz uni amalga oshiramiz”, - deya qo‘shimcha qildi u.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy G20 sammitidagi onlayn nutqi chog‘ida Ukrainada tinchlikni tiklash bo‘yicha o‘z qarashlarini aytib, 10 banddan iborat dasturni taklif qildi. Bundan tashqari, u hech qanday “Minsk-3” bo‘lmasligini ta’kidladi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Zelenskiyning “hech qanday Minsk-3” bo‘lmasligi to‘g‘risidagi bayonoti Kiyevning muzokaralar olib borishga xohishi yo‘qligi pozitsiyasini mutlaq tasdiqlashini ma’lum qildi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham Rossiya muzokaralarga tayyor ekanini bir necha bor tasdiqlaganini eslatib, hamma gap Ukraina tomonida ekani, Kiyev har qanday muzokaralarni qat’iyan rad etayotgani va bugungi vaziyatda amalga oshirib bo‘lmaydigan shartlarni ilgari surayotganini qayd etgan edi.