TOShKENT, 16 noya - Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari orasida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yini O‘zbekiston g‘alabasi bilan yakunlandi.
Markaziy Osiyo derbisi doirasidagi o‘yin 16-noyabr kuni Toshkentdagi Paxtakor stadionida bo‘lib o‘tdi.
Birinchi golni Hojimat Erkinov, murakkab to‘pni qabul qilib olish va kuchli zarba yordamida 10 daqiqada urdi.
Ikkinchi gol muallifi Eldor Shomurodov bo‘ldi. Birnchi bo‘limning 45daqiqasida u Otabek Shukurovning uzatmasini qabul qilib oldi va katta tezlikda raqib darvozasi tomon hujumga o‘tdi.
Shu tarifa hisob 2:0 bo‘ldi va o‘yin oxiriga qadar u o‘zgarishsiz qoldi.