Chilonzordagi ko‘chalardan biri 20 kunga yopildi

Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi ko‘chalardan biri 20 kunga yopildi.
Sputnik
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi ko‘chalardan biri yopildi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 16-noyabr sanasidan boshlab 20 kun muddatga Chilonzor tumani “Bekto‘pi” mahallasi hududidagi “Diydor” ko‘chasining 600 metrlik qismida yo‘l yopilgan.
Hokimlik noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘ragan.