Tomas Bax G20 sammitida sportga siyosiy betaraf bo‘lishga chaqirdi

Olimpiadadalar maqsadi - dunyoning barcha mamlakatlarni jumladan o‘zaro ziddiyatli mamlakatlarni tinchlik yo‘li bilan birlashtirishdir. Aslida insoniyatda bunday imkoniyatlar ko‘p emas, - dedi Bax.
Sputnik
TOShKENT, 15 noya - Sputnik. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax G20 sammiti ishtirokchilarini sportga nisbatan siyosiy jihatdan betaraf bo‘lishga chaqirdi, deb xabar qilmoqda Russia Today Sport.
“O‘tmishdagi davlatlar o‘rtasidagi boshqa mojarolardan farqli o‘laroq, bu safar ba’zi davlatlar siyosiy sabablarga ko‘ra sportchilarni Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishdan bosh tortish huquqiga ega deb qaror qilishdi.

Agar sport siyosiy ta’sir vositasiga aylansa, u butunlay parchalanib ketadi. Sportning mohiyati shundan iboratki, qarorlar faqat sport natijalari asosida qabul qilinishi kerak, boshqa hech narsa emas, - deyiladi murojaatda.

Olimpiya o‘yinlarida barcha mamlakatlar, jumladan, o‘zaro ziddiyati bo‘lgan davlatlar ishtirok etishi kerak. Agar faqat ittifoqchi davlatlar ishtirok etsa, Olimpiya o‘yinlaridan tinchlikning haqiqiy ramzi bo‘lmaydi. Insoniyat birlashish uchun ko‘p imkoniyatlarga ega emas ", deb qo‘shimcha qildi Bax.