TOShKENT, 15 noya - Sputnik. Samarqandda tarixda ilk bor figurali uchish seksiyasi ochildi, deb xabar qilmoqda "Narodnoe slovo" nashri.
Mahalliy bolalar endi ushbu nafis va ajoyib sport turlaridan biriga qo‘shilish imkoniyatiga ega. Viloyat markazidagi “Famili Park” savdo-ko‘ngilochar markazidagi yagona muz arenasida "Chempion" figurali uchish akademiyasi o‘z ishini boshladi, - deyiladi xabarda.
Viloyatda qishki sport turlari bosqichma-bosqich rivojlana boshladi. Biroz oldin Samarqand shahrida xokkey seksiyasi ochilgan edi. Endilikda bolalar figurali uchish asoslarini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Loyiha Zarina Hojimuhammedova tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda.
Zarina uzoq vaqt Sankt-Peterburgda yashab, figurali uchish bilan shug‘ullangan, bir necha bor turli musobaqalar g‘olibi va sovrindori bo‘lgan, O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod bo‘lgan. Vaqti kelib aksariyat sportchilar singari u ham murabbiylik faoliyatini boshlashga qaror qildi va buning uchun aynan Samarqandni tanladi.
– Nisbatan yaqinda ish boshlaganimizga qaramay, bolalarning sportning ushbu turi bo‘yicha muvaffaqiyatga erishish borasidagi salohiyati katta ekanini alohida ta’kidlamoqchiman, – deydi ustoz. - Uch yoshdan boshlab qizlar figurali uchish bilan shug‘ullanishadi. Ular endi nafaqat konkida ishonchli uchish, balkim qiyin piruetlarni ham bajara olishadi. Mashg‘ulot vaqtida yosh figurali uchuvchilarning ko‘zlarida yorqin uchqunlar payiash mumkin. Ular o‘zlari uchun yangi bo‘lgan sport turi bilan haqiqiy zavq bilan shug‘ullanishmoqda va g‘alabalarni jiddiy orzu qilmoqda.
Birinchi sport muvaffaqiyatlari juda tez orada kelishi mumkin. Samarqand figurali uchish akademiyasi tashkilotchisi yaqin oylarda toshkentlik raqiblar bilan musobaqalar o‘tkazishni rejalashtirgan. Turnirga tayyorgarlik bosqichi samarqandlik figurali uchuvchilar ishtirokidagi muz shousi bo‘ladi.
Mutaxassislar Samarqandda qishki sport turlarini rivojlantirish istiqbollari haqida gapirar ekan, ularni mutasaddi tashkilotlar va tegishli respublika federatsiyalari tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidlamoqda. Olimpiya sport turlari bo‘yicha yangi tashabbuslar manfaatdor tashkilotlarning diqqat markazida bo‘lsa, tez orada Samarqand muzida hamisha chinakam "qaynoq" bo‘ladi.