"O‘tkan kunlar" romani asosida ilk milliy muzikl yaratildi

Abdulla Qodiriyning 1925-yilda yozilgan mashhur romani "O‘tkan kunlar" asosida yaratiladigan ilk milliy muziklning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. "O‘tkan kunlar" romani asosida ilk milliy muzikl yaratildi. Milliy muziklning premyerasini 2023-yilning avgust oyida o‘tkazish rejalashtirilgan, deya ma’lum qildi prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘’ba mudiri Saida Mirziyoyeva.
Yana bir ijodiy loyiha – o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriyning 1925-yilda yozilgan mashhur romani "O‘tkan kunlar" asosida yaratiladigan ilk milliy muziklning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
"O‘tkan kunlar" romani asosida ilk milliy muzikl yaratildi
“Umid qilamizki, romanda hikoya qilingan voqea, shuningdek, muallifning shaxsiy qissasi uni sahnalashtirishda ishtirok etgan barchani ilhomlantiradi va biz tomoshabinlar e’tiborini hali ko‘p mavsumlar davomida o‘ziga tortadigan durdona asarni ko‘ramiz!”, deya yozadi Saida Mirziyoyeva.
Aytilishicha, loyiha ustida ishlar shu oydan boshlangan.
"O‘tkan kunlar" romani asosida ilk milliy muzikl yaratildi