"Oq oltin" jamoa: nima uchun "Paxtakor" O‘zbekistonning asosiy klubi

Kuni kecha Toshkentning “Paxtakor” jamoasi 15 karra O‘zbekiston chempioni bo‘ldi. Jamoa qanday tashkil etilgan, u sovet futbolida qanday natijalarga erishgan, nima uchun "Paxtakor"ni "xalq jamoasi" deb atalishi haqida Sputnik materialida o‘qing.
Sputnik
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Kuni kecha Toshkentning “Paxtakor” jamoasi 15 karra O‘zbekiston chempioni bo‘ldi. Jamoa so‘nggi turda poytaxtning yana bir klubi “Bunyodkor”ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, Superliga mavsumini 54 ochko bilan yakunladi.

“Mavsum boshida yigitlarning ma’naviy va jismoniy holati unchalik yaxshi emas edi. Talablarni tushunishlari uchun ularga vaqt kerak bo‘ldi. Futbolchilar meni eshitishdi va tushunishdi. Bularning barchasi o‘z samarasini berdi. Oxirgi turlarda o‘zim xohlagan “Paxtakor”ni ko‘rishga muvaffaq bo‘ldim. Biz oldimizga qo‘yilgan vazifani bajardik – biz chempionmiz”, deydi mavsum yakunlari haqida “Paxtakor” bosh murabbiyi Maksim Shaskix Sputnik muxbiriga.

Bungacha “Paxtakor” 1992, 1998, 2002-2007, 2012-2015 va 2019-2022 yillarda O‘zbekiston chempioni bo‘lgandi.
Sputnik materialida jamoa qanday tashkil etilgan, u sovet futbolida qanday natijalarga erishgan, nima uchun "Paxtakor"ni "xalq jamoasi" deb atalishi haqida tanishishingiz mumkin.
“Oq oltin”jamoasi
Klub 1956-yil 8-aprel kuni tashkil topgan deyish mumkin. Aynan shu kuni “Paxtakor” SSSR chempionatidagi ilk uchrashuvini Molotov shahri (hozirgi Permshahri) jamoasi bilan o‘tkazdi.
Sentralniy stadion "Paxtakor". Match mejdu futbolnimi komandami "SSKA" (Moskva) i "Paxtakor" (Tashkent) v 1967 godu.
Xuddi shu yili 60 000 tomoshabinni o‘ziga sig‘dira oladigan shu nomdagi stadion barpo etildi.
Jamoa 1959-yilda SSSR chempionatining Oliy ligasiga kirdi. Qisqa vaqt ichida jamoa O‘zbekistondagi barcha futbol ishqibozlarining sevimli jamoasiga aylandi va o‘shandan beri “xalq” jamoasi nomini oldi.
Butun respublika aholisi jamoa bilan birgalikda g‘alaba quvonchini ham, achchiq mag‘lubiyatni ham birga baham ko‘rdi.

“Jamoa “paxtakor” deyilgani uchun ham “xalq” jamoasiga aylandi. O‘shanda ham respublikamiz paxta yetishtirish bo‘yicha yetakchi edi. Ma’lumki, paxta O‘zbekiston uchun oq oltindir. Paxtaga aloqador bo‘lgan har bir respublika aholisi bu jamoaga mehr qo‘ydi”, deya tushuntirdi “Paxtakor” va O‘zbekiston terma jamoasining taniqli futbolchisi Azamat Abduraimov.

Jamoa Premer-ligadagi ilk o‘yinini 1960-yil 9-aprelda Moskvaning "Torpedo" jamoasiga qarshi o‘tkazdi va debut mavsumini 14-o‘rinda yakunladi.
Prazdnichniy konsert v chest 2000-letiya Tashkenta na stadione "Paxtakor" v 1983 godu.
Klub eng yaxshi natijani 1962-yilgi mavsumda ko‘rsatdi, o‘shanda "Paxtakor" 6-o‘rinni egallab, faqat sovet futbolining gigantlari - Moskvaning "Spartak", "Dinamo", SSKA, Kiyev va Tbilisining "Dinamo"lariga o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi.
Jamoa 1968-yilda SSSR kubogi finaliga chiqdi va u yerda Moskvaning "Torpedo" jamoasiga mag‘lub bo‘ldi.
O‘sha yili "Paxtakor" futbolchisi Berador Abduraimov 22 ta gol urib, SSSR chempionatining eng yaxshi to‘purariga aylandi.
Na tribunax stadiona "Paxtakor" vo vremya futbolnogo matcha v 1974 godu.
1970 yillar oxirida “Paxtakor” safida bir qancha iqtidorli va umidli futbolchilar to‘p surgan bo‘lsa, 1979-yilda dahshatli fojia yuz berdi – jamoa aviahalokatga uchradi.
1979 yil 11-avgustda Dneprodzerjinsk osmonida 8400 metr balandlikda ikkita "Aeroflot" kompaniyasining Tu-134 samolyoti to‘qnashib ketdi va ulardagi 178 kishi halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlar orasida O‘zbekistonning “Paxtakor” futbol klubining 17 nafar a’zosi ham bor edi.
“Paxtakor”ning o‘limi xalq fojiasiga aylandi. O‘zbekistonlik taniqli sport sharhlovchisi, jurnalist Mirzahakim To‘xtamirzayev yangilangan jamoaning fojiadan keyin o‘z uyidagi ilk uchrashuvida shohsupada bo‘lgan voqeani aytib berdi.
“Tbilisining “Dinamo”si bilan o‘yin oldidan halok bo‘lgan futbolchilar xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlandi. So‘ngra stadion diktori halok bo‘lgan futbolchilarning ismlarini o‘qib, ro‘yxat o‘rtasida yig‘lab yubordi va davomini o‘qiy olmadi. Shundan so‘ng 60 000 o‘rinli butun stadion yig‘lab yubordi”, deb eslaydi To‘xtamirzayev.
Klub tarixidagi afsonaviy futbolchi Berador Abduraimov “Paxtakor”ning bu avlodi istalgan jamoani mag‘lub etishga qodir bo‘lganini takidladi.
“Bu yigitlar pul va shon-shuhrat ortidan quvishmagan”, deydi Abduraimov.
Aviahalokatdan so‘ng klub ro‘yxati boshqa jamoalar futbolchilari bilan to‘ldirildi.
Shuningdek, SSSR futbol federatsiyasi qarori bilan “Paxtakor” yakuniy natijadan qat’i nazar, uch yil muddatga Oliy ligada ishtirok etishi kafolatlangan edi.
2013 yil 11-avgust kuni Toshkentdagi Botkin qabristonida “Paxtakor-79” yodgorligi ochildi.
Chtim, gordimsya, skorbim: v Tashkente vspominayut "Paxtakor-79"
Mustaqillik yillarida “Paxtakor” jamoasi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston birinchi chempionati 1992-yilda bo‘lib o‘tdi. O‘sha mavsum o‘ziga xos natija bilan yakunlandi: bir xil ochko jamg‘argan ikki jamoa “Paxtakor” va Farg‘onaning “Neftchi” jamoalari birdaniga chempion bo‘lishdi.
Aynan “Neftchi” 2000-yillarning o‘rtalariga qadar “Paxtakor”ning asosiy raqibi bo‘lgan. Bu klublar o‘rtasidagi har bir uchrashuv muxlislarda katta hayajonga sabab bo‘ldi. Muxlislar va OAV tomonidan bu qarama-qarshilik “O‘zbek El-Klasikosi” (Ispaniyaning “Real Madrid” va “Barselona” klublari o‘rtasidagi qarama-qarshilikning o‘zbekcha analogi) deb nomlandi.
Bolelshiki na tribunax stadiona Paxtakor v Tashkente.
Dastlabki 15 mavsum davomida asosan bu ikki klub O‘zbekiston chempionatida 1 va 2-o‘rinlarni bo‘lishib olishdi.
Mustaqillikka erishgach, “Paxtakor” jamoasining raqiblari qit’aning eng yaxshi klublari hisoblangan Osiyo chempionlar ligasida o‘ynash imkoniyatini qo‘lga kiritdi. 2003 va 2004-yilgi mavsumlarda Toshkent klubi nufuzli turnirning yarim finaliga qadar yetib bora oldi.
“Paxtakor" futbolkasini kiyish har bir o‘zbek futbolchisining orzusi. Jamoa o‘z tarixi davomida o‘zbek yoshlarining diqqatiga sazovor bo‘lgan va kumiriga aylangan butun boshli yulduzlarni tayyorladi. Ana shunday futbolchilardan biri afsonaviy Berador Abduraimovning o‘g‘li Azamat Abduraimovdir.

“Mening orzuim otamdek to‘p surish edi. Bu mening bolalik orzuim bo‘lgan. “Paxtakor” – O‘zbekistonning asosiy jamoasi va futbol brendi. “Paxtakor”da o‘ynash har qanday futbolchi uchun orzu va sharaf”, - deya tan oldi klubning sobiq hujumchisi Azamat Abduraimov.

“Paxtakor-79” hamisha o‘zbeklar qalbidan joy olgan. Har yili 11-avgust kuni Toshkentdagi Botkina qabristonida halok bo‘lgan futbolchilar va jamoa a’zolari xotirasiga an’anaviy gul qo‘yish marosimi o‘tkaziladi.
Bolelshiki na tribunax stadiona Paxtakor v Tashkente.
Tadbirda “Paxtakor”ning sobiq va hozirgi futbolchilari, O‘zbekiston va Rossiya futboli faxriylari, turli futbol akademiyalarida tahsil olayotgan yosh yigitlar ishtirok etmoqda.
Yosh avlod klub an’analarini bilishi va e’zozlashi, dunyodan o‘tgan sport qahramonlarini unutmasligi kerak. Bu kelajakdagi muvaffaqiyat va buyuk klubning jahon arenasida tiklanishining garovidir.

“Biz ish boshlaganimizda, yigitlar uchun deyarli hamma narsa birinchi martadek bo‘ldi. Bir naql bor: yaxshi ot keyin chopadi. Hamma narsa vaqt talab etadi. Kelgusi mavsumda “sherlar” yanada kuchliroq, tezroq va yaxshiroq bo‘lishadi”, deydi bosh murabbiy Maksim Shaskix.