TOShKENT, 15 noya - Sputnik. Buyuk Britaniyaning Lids shahrida yashovchi 11 yoshli o‘smir Yusuf Shoh 18 yoshgacha bo‘lganlar uchun Mens IQ testida maksimal ball to‘pladi va aql-zakovat bo‘yicha Stiven Xoking va Albert Eynshteyn kabi nazariy fizik olimlardan o‘zib ketdi. Bu haqda “Metro” nashri xabar bermoqda.
Gazetaning yozishicha, Yusufni imtihondan o‘tishga doim uni juda aqlli deb aytgan do‘stlari ilhomlantirgan. Bola bu haqiqatan ham shundaymi yoki yo‘qligini tekshirishga qaror qilgan. Qayd etilishicha, uning natijasi Xoking va Eynshteynnikidan bir pog‘ona yuqori bo‘lgan.
O‘smir o‘zining yutug‘ini ota-onasi va akalari bilan restoranda nishonladi. Qahramonning onasi uning yutuqlaridan juda faxrlanishini aytib, hazil tariqasida “uning dadasi aqlliroq” ekanini ta’kidlagan.
“Biz baxtlimiz, lekin sodir bo‘lgan voqeani yengil qabul qilamiz. Men har doim o‘g‘limga aytaman: “Agar sen iste’dodli bo‘lsang ham, baribir eng mehnatkash bo‘lishing kerak”, - deydi u.
Ota-onalarning aytishicha, ular Yusufni imtihonga tayyorlamagan. Bola uchun bu sinov oson emasligini tushunib, ular o‘zlarini odatdagidek tutishda davom etishgan.
Kelajakda Shoh Oksford yoki Kembrijda matematika bo‘yicha o‘qishni orzu qilyapti.