TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Ukraina G‘arb davlatlari uchun Amerika va Yevropa qurollarining turli xil yangi tizimlarini sinovdan o‘tkazish uchun eng yaxshi qurol poligoniga aylandi. Bu haqda “The New York Times” muxbiri Lara Jeyks yozmoqda.
“Ukraina eng yaxshi sinov poligonidir, chunki bizda barcha gipotezalarni jangovar sharoitlarda sinab ko‘rish va harbiy texnika va zamonaviy urushda inqilobiy o‘zgarishlar qilish imkoni bor”, deya Kiyev bosh vaziri o‘rinbosari Mixail Fedorovning so‘zlarini keltiradi maqola muallifi.
Jeyksning ta’kidlashicha, Ukraina qurolli kuchlari nafaqat G‘arb tomonidan yetkazib berilgan qurol va transport vositalarini, balki aloqa va axborot vositalarini ham sinovdan o‘tkazmoqda.
Ta’kidlanishicha, chet ellik siyosatchilar ham turli xil qurol va jihozlarning samaradorligini baholash uchun mojarodan foydalanish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamoqda.
“Biz Ukrainada qanday jang qilishni o‘rganmoqdamiz va NATO jihozlaridan foydalanishni o‘rganmoqdamiz. Ha, bu mashg‘ulot jang maydoni. Ukrainaliklar bu mashqlar uchun o‘z hayotlari bilan to‘lashayotgani men uchun uyat”, deydi Litvaning sobiq prezidenti Dalya Gribauskayte.
Kuzatuvchining yozishicha, Ukrainada G‘arb qurollarining sinovdan o‘tkazilishi tufayli, AQSh va uning ittifoqchilaridagi yuqori martabali amaldorlar va mudofaa rejasini tuzuvchilar kelgusi yigirma yil ichida harbiy xarajatlarga qanday sarmoya kiritish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Rossiya harbiy amaliyoti fonida AQSh va uning NATO bo‘yicha ittifoqchilari Ukrainaga qurol-yarog‘ yuborishda davom etmoqda. Moskva G‘arb harbiy texnikasini yetkazib berish faqat mojaroni uzaytirishini, G‘arb qurollari o‘rnatilgan mashinalar Rossiya armiyasi uchun qonuniy nishonga aylanishini bir necha bor ta’kidlagan.