Dzudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatiga tayyorgarlik boshlandi

Toshkentda 23-25-noyabr kunlari dzudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi mamlakat birinchiligi bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. O‘zbekiston chempionatiga tayyorgarlik boshlandi. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Toshkentda 23-25-noyabr kunlari dzudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi mamlakat birinchiligi bo‘lib o‘tadi. Unda Respublikaning barcha hududlaridan tashrif buyuradigan polvonlar g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.
O‘zbekiston dzudo federatsiyasi ma’lum qilishicha, bahslar Markaziy harbiy sport klubi majmuasida bo‘lib o‘tadi. Bellashuvlarning xolis baholanishini ta’minlash maqsadida xorijlik referilarning tashrif kutilmoqda.
Murabbiylar shtabi mazkur musobaqa orqali kelasi yilgi mavsum uchun terma jamoaga nomzod sportchilarni yana bir karra ko‘zdan kechirib olishadi.