Bojxona tomonidan olib qo‘yilgan tovarlar onlayn savdo yarmarkalari orqali sotiladi

“Bojxona-servis” davlat muassasasining asosiy vazifalari belgilandi.
Sputnik
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. 8-noyabr kuni Hukumatning “Davlat bojxona qo‘mitasi huzuridagi “Bojxona-servis” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
Davlat tashkilotlari va deklarantlar uchun shartnoma asosida bojxona deklaratsiyasi va boshqa hujjatlarni tuzish, davlat bojxona xizmati organlariga takdimetish hamda tovarlarga doir bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish muassasasining asosiy vazifalaridan biri etib belgilanmoqda.
“Bojxona-servis” chegara o‘tkazish punktlarini nazorat-texnik vositalar bilan jihozlaydi, chegara o‘tkazish punktlari va ularga tutash xududlarda avtoturargohlar tashkil etadi.
Bojxona omborlarida tovarlarni saqlash, yuklash, tushirish xizmatlarini ko‘rsatish va boshqa yuk operatsiyalarini amalga oshiradi.
Belgilangan tartibda davlat bojxona xizmati organlari tomonidan olib qo‘yilgan va davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni saqlash va sotish (qonunchilik hujjatlarida boshqa davlat organlarga beriladigan mol-mulklar bundan mustasno) ham “Bojxona-servis”ning asosiy vazifalaridan biri.

2023 yil 1-aprelga qadar Davlat bojxona qo‘mitasiga olib qo‘yilgan va davlat daromadigao‘tkaziladigan mol-mulklarni elektron savdo platformalari va savdo yarmarkalari orqali sotish amaliyotini joriy etish choralarini ko‘rish topshirilgan.

Bundan tashqari, qabul qilib olish, saqlash va sotishgacha bo‘lgan jarayonlarni “onlayn” rejimda monitoring qilish imkonini beruvchi axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish vazifasi qo‘yilgan.