Rang-barang bolalik: Toshkentda Xalqaro bolalar suratlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Ko‘rgazmada maktabgacha yoshdagi bolalarning hayotiy pozitsiyalari, turli xarakter va ko‘rinishdagi fotosuratlari, shuningdek, bolalar raqslari, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Sputnik
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Toshkentda Xalqaro bolalar suratlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda maktabgacha yoshdagi bolalarning hayotiy pozitsiyalari, turli xarakter va ko‘rinishdagi fotosuratlar, shuningdek, bolalar raqslari, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi, deya xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Fotoko‘rgazmani Maktabgacha ta’lim vaziri Agreppina Shin ochib berdi. U o‘z so‘zida O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan “Erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish” nomli II butunjahon konferensiyasi yuksak darajada o‘tishiga ishonch bildirdi.

“Konferensiyaning tantanali boshlanishi arafasida fotoko‘rgazmaning ochilgani bejiz emas. Biz unda maksimal darajada his-tuyg‘ular, chuqur ma’no va ta’limni erta boshlash kerakligi haqidagi asosiy xabarni mujassam etdik. Bu yerda qushlarning ramziy sayrashi, ulkan hayot daraxti ostida, biz har bir ishtirokchidan bolalik onlariga qaytishni so‘radik, aynan o‘sha yerdan ildizlar, birinchi qadamlar boshlanadi”, - deydi Maktabgacha ta’lim vazirligining Butunjahon konferensiyasi doirasidagi elchisi (xonanda) Lola Yuldasheva.

Fotoko‘rgazma devorlari va yer qismi uchun qora rang tanlangan. Bu esa bolalik suratlari hamda turli dekoratsiyalarni rang-baranglikda namoyish etishga yordam bergan.
Ko‘rgazma markazidan joy olgan ramziy ma’noga ega hayot daraxti esa oq rangda tasvirlangan.
Tadbirda 200 dan ortiq mamlakatdan tashrif buyurgan mutaxassislar, xalqaro ekspertlar va yoshlar ishtirok etishdi.
Mazkur fotoko‘rgazma 14-20 noyabr kunlari Humo Arena'da davom etadi.
Ma’lumot uchun, #wearethechildren xalqaro fotoko‘rgazmasi YuNESKO va Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etildi.
1 / 6
2 / 6
3 / 6
4 / 6
5 / 6
6 / 6