TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik sambochilar Jahon chempionatida kumush shva bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida 11-13 noyabr kunlari sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazildi.
Jahonning 50ga yaqin mamlakatidan sambochilar ishtirok etgan mazkur musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar 1 ta kumush, 4 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.
Terma jamoa safida quyidagi sportchilar JCh shohsupasiga ko‘tarilishdi:
Kumush: -58 kg: Lutfilla Saydamatov (jangovar sambo);
Bronza: -79 kg: Sherzod Ismanov (jangovar sambo);
Bronza: -58 kg: Doston Ro‘ziyev;
Bronza: -64 kg: Sardor Olimjonov;
Bronza: -65 kg: Muxlisa Qodirberganova.