Moskva formatidagi Afg‘oniston bo‘yicha maslahatlashuvlar yig‘ilishi qachon bo‘lib o‘tishi aytildi

Uchrashuv doirasida Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar vaziyatni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Moskva formatidagi Afg‘oniston bo‘yicha maslahatlashuvlarning to‘rtinchi yig‘ilishi 16-noyabrga belgilangan.
Ma’lumki, u Moskvada bo‘lib o‘tadi. Yig‘ilishda tomonlar mamlakatdagi vaziyat va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarni muhokama qiladi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

“Moskva formatidagi Afg‘oniston bo‘yicha maslahatlashuvlarning to‘rtinchi yig‘ilishi afg‘onlarni tinch yo‘l bilan tartibga solishdan manfaatdor mintaqaviy muhim davlatlar ishtirokida 16-noyabr kuni Moskvada o‘tkazilishi rejalashtirilgan”, - dedi Zaxarova.

Uning qo‘shimcha qilishicha, uchrashuv doirasida Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar vaziyatni muhokama qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, afg‘onlararo milliy murosaga ko‘maklashish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.

“Natijalar bo‘yicha tomonlarning qo‘shma bayonoti kutilmoqda”, - dedi Rossiya TIV vakili.

Moskva formatidagi Afg‘oniston bo‘yicha maslahatlashuvlarning to‘rtinchi yig‘ilishi 2017-yilning aprel oyida yaratilgan. U afg‘on kelishuvidan manfaatdor 11 davlatni - Rossiya, Afg‘oniston, Xitoy, Pokiston, Eron, Hindiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Turkmanistonni birlashtiradi.