Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Melitopoldagi G‘alaba maydonida yangilangan Rossiya bayrog‘i qad rostladi

Ta’mirlash ishlari uchun olingan Rossiya bayrog‘i o‘z o‘rniga qaytarildi.
Sputnik
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Zaporojye viloyati Melitopol shahridagi G‘alaba maydonida yangilangan Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Rossiyaning asosiy davlat ramzi yakshanba kuni erta tongda bayroq ustunini ta’mirlash uchun olingan edi.
Bayroqni 40 metr balandlikka ko‘tarish marosimida viloyat ma’muriyati, FVV, “Yug molodoy” (“Yosh janub”) va “Mi vmeste” (“Biz birgamiz”) jamoat harakatlari vakillari ishtirok etishgan.