TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari va NATOga a’zo davlatlar global urush boshlashdan ko‘ra, Ukrainani “tashlab qo‘yishni”afzal ko‘radi. Bu haqda “National Interest” yozmoqda.
Maqola Ukraina inqirozining Rossiya va Shimoliy Atlantika alyansi o‘rtasidagi yadro urushiga aylanishi ehtimoliga bag‘ishlangan.
“Noqulay haqiqat shundaki, Ukraina uchun o‘zini qurbon qilish G‘arb davlatlari manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi”, - deyiladi xabarda.
Mutaxassislarning fikricha, AQSh va uning ittifoqchilarining strategik yadro qurollari zaxirasi Rossiya qurollaridan kam.
Rossiyaning yadro qurolini nazariy jihatdan qo‘llashi mumkin bo‘lgan ssenariylar harbiy doktrinada va “Yadroviy to‘sqinlik qilish sohasidagi davlat siyosati asoslari”da bayon etilgan. Hujjatlarga ko‘ra, bu unga yoki uning ittifoqchilariga ommaviy qirg‘in qurollarini qo‘llash orqali tajovuz qilinganda yoki oddiy qurollardan foydalangan holda tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda, davlatning o‘z mavjudligiga tahdid tug‘ilganda mumkin.
Rossiya 24-fevraldan buyon denatsifikatsiya va demilitarizatsiya maqsadida Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Vladimir Putin uning asosiy vazifasi sifatida “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida xo‘rlashlar, genotsidlarga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.