Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya Havo-kosmik kuchlarining Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya chog‘ida Su-35S samolyotlarining jangovar parvozlari aks etgan videoni ko‘rsatdi.
Qiruvchilar vazifasiga UQK harbiy obyektlariga va texnikasiga zarba berishda hujumchi samolyot va vertolotlarni himoya qilish kiradi.
Rossiya 24-fevraldan buyon denatsifikatsiya va demilitarizatsiya maqsadida Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida xo‘rlashlar, genotsidlarga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.