TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Rossiya qo‘shinlarining muvaffaqiyatli hujum operatsiyalari natijasida Mayorsk aholi punkti to‘liq ozod qilindi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-leytenant Igor Konashenkov ma’lum qildi.
“Donesk yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlarining muvaffaqiyatli hujum harakatlari natijasida Mayorsk qishlog‘i to‘liq ozod qilindi”, - dedi Konashenkov.
Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakiliga ko‘ra, dushmanning askarlari va texnikasi yo‘q qilingan.
Noyabr oyi boshida Donesk xalq respublikasi (DXR) rahbari vazifasini bajaruvchi Denis Pushilin qo‘shinlarning Mayorsk va Pervomayskoe aholi punktlari hududida siljish borligini aytgandi. Keyin u Mayorsk tez orada ozod etilishiga umid bildirgandi.
Rossiya 24-fevraldan beri Ukrainada harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Vladimir Putin uning vazifasi “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” ekanini aytgan. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, operatsiyadan asosiy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.