TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Turkiya poytaxti Istanbul markazida ro‘y bergan portlash oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, 38 kishi jarohatlandi. Bu haqda shahar hokimi Ali Yerlikaya Twitterʼdagi sahifasida ma’lum qildi.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Istiqlol ko‘chasidagi portlash oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 38 kishi jarohat oldi”, - deya ma’lum qilgan u.
Yakshanba kuni Istanbul markazidagi Istiqlol turistik ko‘chasida portlash sodir bo‘ldi. Hukumat terakt versiyasini ko‘rib chiqmoqda.