“Amirsoy”dagi osma yo‘l nosozlik sabab to‘xtab qoldi

“Amirsoy”ga qarashli elektr qurilmada nosozlik yuzaga kelgan va osma yo‘lning to‘xtashiga sabab bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda “Amirsoy”da elektr energiyasida uzilish bo‘lgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi matbuot xizmati ushbu holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, oromgohga hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr energiyasini uzluksiz yetkazib bergan.
“Amirsoy” oromgohidagi uzilish oromgohdagi osma yo‘lning elektr qurilmasida nosozlik yuzaga kelgan va oromgohda elektr ta’minotida uzilish kuzatilgan”, - deyiladi vazirlik xabarida.
Hozir nosozlik bartaraf etilgan va osma yo‘l yana ishlayapti.