“Usmon Nosir” dramasining premyerasi bo‘lib o‘tdi

Pyesa muallifi Nodira Rashidova Usmon Nosirning jiyani bo‘lib, u asarda real voqealardan foydalangan - tafsilotlar.
Sputnik
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. O‘zbek milliy akademik drama teatrida taniqli o‘zbek shoiri Usmon Nosir tavalludining 110-yilligiga bag‘ishlangan “Usmon Nosir” dramasi premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Sputnik muxbiri xabar berdi.
Asarda o‘zbek adabiyotining yirik namoyondalari Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat kabi adiblarning obrazlari ham gavdalangan.
Spektaklda taniqli aktorlar Hamza Hasanov, Shohida Ismoilova, Saidkomil Umarov, Mehriddin Rahmatov, Laziz Orziyev, Nigina Anorboyeva va boshqalar rollar ijro etgan.
“Usmon Nosir” dramasi premyera qilindi
Usmon Nosir jahon dramaturgiyasi qiroli Uilyam Shekspirning “Gamlet” tragediyasini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Spektaklda adiblar gurungida bu haqda e’tirof etiladi.
Rejissor O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Qoraqalpog‘iston san’at arbobi Marat Azimov, rassomlar Baxtiyor To‘rayev, Otabek Fayziyev, muallif Nodira Rashidova, liboslar bo‘yicha rassom Lobar Tursunova.

Pyesa muallifi Nodira Rashidova Usmon Nosirning jiyani bo‘lib, u asarda real voqealardan foydalangan.

Spektaklda Usmon Nosirning lirik she’rlari, hayotidagi alg‘ov dalg‘ov yillar, tuzum va muhit ta’sirli voqealar asosida jonlangan.
“Usmon Nosir” dramasi premyera qilindi
Ma’lumot uchun, teatrda o‘tgan mavsumda Sohibqiron Amir Temur hayotiga bag‘ishlangan “Adolat fasli” tarixiy dramasi sahnalashtirilgan.