Toshkentda havoning ifloslanish darajasi yana oshib ketdi

Shahar hokimligi Toshkent havosining tozalik ko‘rsatkichlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra poytaxtdagi tozalik darajasi ko‘rsatkichlari o‘zgargan.
Sputnik
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Toshkentda havoning ifloslanish darajasi yana oshib ketdi. Bu zaif guruhlar uchun zararli, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi.
Shahar hokimligi Toshkent havosining tozalik ko‘rsatkichlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra poytaxtdagi tozalik darajasi ko‘rsatkichlari o‘zgargan.
Toshkentda havoning ifloslanish darajasi yana oshib ketdi
Hozirda, havosning tozalik ko‘rsatkichlari Gidrometereologiya xizmati markaziga tegishli bo‘lgan Horiba rusumli ikkita havo sifatini aniqlash stansiyasidan olinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 17-oktabr kuni 18:00 dan 23:00 gacha Toshkent shahri atmosfera havosi mayda chang zarrachalari bilan ifloslanishi kuchaygandi. Bunga uzoq vaqt davomida yog‘ingarchilikning bo‘lmagani va havo haroratining inversiyasi sabab bo‘lgan.
Toshkentda hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmadi. O‘zgidromet prognozlariga ko‘ra, dam olish kunlari ham O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.