Surxondaryoning olis hududlaridagi maktablarga avtotransport ajratildi

Ular viloyatdagi sharoitlari mavjud bo‘lmagan maktab filialarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarni asosiy maktablarga yetkazish uchun mo‘ljallangan.
Sputnik
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Surxondaryoning olis hududlaridagi o‘quvchilar maktabga qatnashi uchun avtotransport ajratildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi xabar berdi.
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashini qarori doirasida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 26 ta umumta’lim maktabiga "Damas" rusumli avtomashinalari berildi.
Ushbu avtotransport vositalari viloyatdagi sharoitlari mavjud bo‘lmagan maktab filialarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarni asosiy maktablarga yetkazish uchun mo‘ljallangan.
Surxondaryo viloyati

“Kunning jaziramasi, qishning qahratonida olis maktablarga qatnaydigan 789 nafar o‘g‘il-qizlarning quvonchi cheksiz. Ular barcha sharoitlari mavjud maktablarga transport vositasida qatnashadi”, - deyiladi xabarda.

Viloyatdagi 26 ta ta’mirtalab maktab filialining faoliyati tugatilgan.