TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Samarqandda 13-16 noyabr kunlari International Youth Summit-2022 doirasida O‘zbekiston-Rossiya yoshlar forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Toshkentdagi "Russkiy dom" xabar berdi.
Forumda yoshlar jamoat tashkilotlari rahbariyati vakillari, yosh olimlar, media-bloger va jurnalistlar, ekologiya va barqaror rivojlanish maqsadlari sohasi arboblari va faollari, ijodiy soha, tadbirkorlik va volontorlik sohasi vakillari ishtirok etadi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar ikki tomonlama O‘zbekiston-Rossiya hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqadi va muhokama qiladi.
Dasturda barqaror rivojlanish maqsadlari mavzulari bo‘yicha munozara maydonchalari, shuningdek, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yoshlarning takliflari asosida Toshkent rezolyutsiyasi qabul qilinishi ko‘zda tutilgan:
fan va ta’lim;
gender tenglik;
ekologiya;
ijodiy sohalar.
Forum O‘zbekiston va Rossiya yoshlari o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirish maqsadida har yili o‘tkaziladigan an’anaviy ikki tomonlama tadbirdir.