Prezident bir guruh tibbiyot xodimlarini mukofotladi

Farmon bilan 70dan ortiq tibbiyot xodimlari mukofotlandi.
Sputnik
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Prezident farmoni bilan bir guruh tibbiyot xodimlari mukofotlandi.
Farmon bilan 70dan ortiq tibbiyot xodimlari "Mehnat shuhrati", I va II darajali "Sog‘lom avlod uchun", II darajali "Salomatlik", "Do‘stlik" ordenlar, shuningdek, "Sog‘lom turmush" va "Shuhrat" medallari bilan mukofotlandi.
Tibbiyot xodimlari mukofotni quyidagi xizmatlari uchun olishdi:
Tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish;
Aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish;
Jamiyatda sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati;
Sog‘liqni saqlash tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish;
Zamonaviy davolash usullarini amaliyotga keng tatbiq etish;
Sohaga doir dasturlar ijrosini muvaffaqiyatli amalga oshirishga qo‘shgan munosib hissasi;
Yuqori salohiyatga ega mutaxassislarni tayyorlash yo‘lidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun.