TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksiy Danilov Rossiya bilan mojaro muzlatilmasligini, Ukraina armiyasi oldida mamlakatni ozod etishda davom etish vazifasi turganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.
“Biz hech narsani muzlatib qo‘ya olmaymiz – biz muzlatgich kamerasi emasmiz. Biz ob-havo qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, fasldan qat’iy nazar o‘z hududlarimizni ozod qilishimiz mumkin. Prezidentning vazifasi - barcha hududlarimizni ozod qilishdir”, — deya Danilov so‘zlarini keltirgan Zerkalo nedeli.
Shuningdek, u Oliy Bosh qo‘mondonlik shtabining so‘nggi yig‘ilishi Xerson yo‘nalishiga bag‘ishlanganini ta’kidladi.
Birlashgan kuchlar guruhi qo‘mondoni Sergey Surovikin ta’kidlaganidek, Xersondagi vaziyat tinch aholi hayoti uchun xavfli bo‘lib qoldi.
Noyabr oyining boshida Xerson shahrida o‘ng qirg‘oqdan 115 ming kishi evakuatsiya qilindi va Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu qo‘shinlarni chap qirg‘oqqa o‘tkazishni boshlashga va Dnepr chizig‘i bo‘ylab Rossiya Qurolli Kuchlarining mudofaa chizig‘ini tashkil etishga rozilik berdi.