TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Hasanboy Do‘smatov qozog‘istonlik Saken Bibosinovni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.
O‘zbekistonlik bokschilar Iordaniya poytaxti Ammondagi kattalar o‘rtasidagi bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida ishtirok etishmoqda.
"U g‘alaba orqali JCh-2021dagi mag‘lubiyat uchun revansh oldi. U uchinchi bor Osiyo chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritdi", - deyiladi xabarda.
Musobaqalar 13-noyabrgacha davom etadi. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 13 nafar, ayollar terma jamoasi esa 10 nafar bokschi bilan musobaqada ishtirok etmoqda.