Dam olish kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Ushbu dam olish kunlarida O‘zbekistonda Shimolda va cho‘l hududlarda shamol kuchayishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 12 noya - Sputnik. Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha quruq va nisbatan iliq ob-havo kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi matbuot xizmati xabar berdi.
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati kechalari 0...+5 daraja, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari +9...+14 daraja bo‘ladi.
Yakshanba kuni kechga tomon respublikaning shimoliy qismiga Volgabo‘yi hududlaridan bulutli massivlar kirib kelishi kutilmoqda. O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Shimolda va cho‘l hududlarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.