BAAga borayotgan yo‘lovchilar uchun yangi talab joriy etildi

Endilikda BAAga kirish uchun turistik yoki mehmon vizasi bo‘lgan yo‘lovchilar borish va qaytish aviachiptalariga ega bo‘lishlari kerak.
Sputnik
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. BAAga borayotgan yo‘lovchilar uchun yangi talab joriy etildi. Bu haqida Uzbekistan Airways xabar berdi.
Qayd etilishicha,Birlashgan Arab Amirliklari immigratsiya xizmatining talablariga ko‘ra, 11-noyabrdan boshlab BAAga kirish uchun turistik yoki mehmon vizasi bo‘lgan yo‘lovchilar borish va qaytish aviachiptalariga ega bo‘lishlari kerak.
Eslatib o‘tamiz, endilikda Dubayga kirish uchun sayohatchilardan COVID-19ga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat yoki PZR-testlarni taqdim etish talab etilmaydi. Shuningdek, Sharjaga kirish uchun karantin talablariga o‘zgartirishlar kiritilishi kutilmoqda.