Vazirlar Mahkamasi binosida quyosh fotoyelektr stansiyasi ishga tushirildi - foto

Stansiya Vazirlar Mahkamasi binosini kunduz kuni to‘liq elektr energiyasi bilan ta’minlaydi - tafsilotlar.
Sputnik
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Vazirlar Mahkamasi binosida quvvati 630 kVt bo‘lgan quyosh fotoyelektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu haqida Energetika vazirligi xabar berdi.
Mazkur quyosh fotoyelektr stansiyasi yiliga 1,1 mln kVt-soatdan ziyod elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Vazirlar Mahkamasi
“Stansiya Vazirlar Mahkamasi binosini kunduz kuni to‘liq elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. Shu bilan birga, ehtiyojidan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlariga uzatish imkoniyati ham yaratildi”, deyiladi xabarda.
Vazirlar Mahkamasi
Ushbu stansiya prezident raisligida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi topshiriqlar ijrosi yuzasidan amalga oshirildi.
Energetika vazirligi ushbu tashabbusga barcha vazirlik va idoralar ham qo‘shilishlarini so‘ramoqda.