TOShKENT, 11 noya - Sputnik. Ukraina maxsus xizmatlari asirlarni tok bilan bir necha soat davomida qiynagan. Bu haqida asirlikdan ozod qilingan DXR harbiylari Stanislav Lebedenko va Artur Klinov RIA Novostiga aytib berishdi.
Ukraina Maxsus xizmatlari (UMX) asirlarga nisbatan har xil qo‘rqitish uslublaridan foydalanishardi. Ular shunday yo‘l bilan bizdan ko‘proq ma’lumot olishga intilishardi.
Kimnidir elektr toki bilan qiynashdi. Tokdan ularning barmoqlari ko‘karib ketgan edi, deb hikoya qilib berdi sobiq asir.