Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammitida o‘ndan ortiq hujjatlar imzolanadi

Hujjatlar mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb va istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikka umumiy yondashuvlarni aks ettiradi.
Sputnik
TOShKENT, 11 noya - Sputnik. Bugun Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammitida o‘ndan ortiq hujjatlar imzolanadi. Bu haqida Sputnik muxbiri O‘zbekiston TIV rasmiy vakiliga asosan xabar qilmoqda.
Samarqandda bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar rahbarlarining birinchi sammitida, 10-noyabr kuni TDT tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishida kelishilgan 10 dan ortiq birgalikda tayyorlangan hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.
Ushbu hujjatlar mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb va istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikka umumiy yondashuvlarni aks ettiradi, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 10-11 noyabr kunlari Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo mamlakatlar rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan tadbirda Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ishtirok etadi.
Sammit kun tartibidan iqtisodiyot, savdo, investitsiya, transport, innovatsiya, ekologiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish, Tashkilot faoliyatini takomillashtirish masalalari o‘rin olgan.
TDT sammiti yakunida Samarqand deklaratsiyasi qabul qilish rejalashtirilgan.