Rossiyada polimer materiallardan sun’iy qon tomir ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi

Texnologiya nafaqat tomirlar, balki shartli naycha shakliga ega bo‘lgan sun’iy o‘t yo‘llari, siydik yo‘llari, halqum, traxeya implantlarini ham ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.
Sputnik
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Tomsk politexnika universiteti mutaxassislari mahalliy polimer materiallardan sun’iy qon tomir ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdi. Bu haqida RIA Novosti xabar berdi.
Gap har xil turdagi polimerlardan sun’iy tomirlarni "ishlab chiqarish" uchun mo‘ljallangan tizim haqida ketmoqda.
Aytilishicha, bunday implantlar qon tomirining ichki tashkil etilishini va uning bemor organizmidagi xatti-harakatlarini taqlid qiladi. U xorijiy analoglarga qaraganda aniqroq va arzonroq turadi.
“Biz ishlab chiqqan texnologiya oddiy, oson kengaytiriladigan va diametri 1 millimetrdan 40 millimetrgacha bo‘lgan sun’iy tomirlar ishlab chiqarish imkonini beradi. Bu uning yordami bilan nafaqat katta asosiy arteriyalarni, balki kichik tomirlarni ham yaratishga imkon beradi”, deydi loyiha rahbari Yevgeniy Bolbasov.
Uning aytishicha, mahsulotlar sifat jihatidan bugungi kunda oltin standart deb hisoblangan Amerika va Fransiya ishlab chiqarish tomirlaridan qolishmaydi.
Bundan tashqari, nafaqat tomirlar, balki shartli naycha shakliga ega bo‘lgan sun’iy o‘t yo‘llari, siydik yo‘llari, halqum, traxeya implantlarini ham ishlab chiqarish mumkin.